SportUz.Net
photo photo

Kamaru Usman yarim og'ir vaznga o'tishi haqida gapirdi

18.08.2022 16:40    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman yuqori divizionga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Men shunchaki raqobatni yaxshi ko'raman. Sport bilan shug'ullana boshlaganimda, menda nimadir borligini angladim. Boshqalar bilan kuch sinashishni xohlardim. Qarshimdagi raqibdan o'zib ketmoqchiman.

Boshqa vaznga o'tish haqida aytadigan bo'lsam, men hurmatga loyiq bo'lmoqchiman. O'z vaznimda eng zo'ri bo'lsam, demak boshqa divizionga o'tishim kerak. Round-for-pound reytingi oddiy natija xolos. Odamlar: "U bilan to'qnash kelsa nima bo'lardi?" deyishadi. Men buni amalga oshirishni xohlayman. Hech kim buni amalga oshirmagan. Siz menga istalgan unvonni berishingiz mumkin. Ammo, men hurmatni xohlayman", — dedi Usman ESPN telekanaliga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: