SportUz.Net
photo photo

Usik - Joshua 2. Aleksandr jang haqida fikr bildirdi

18.08.2022 15:40    


Rasmni yuklab olish

20 avgust kuni Saudiya Arabistonida uzoq kutilgan boks oqshomi bo'lib o'tadi.

WBA, IBO, IBF va WBO kamarlari sohibi, ukrainalik bokschi Aleksandr Usik ushbu jang haqida quyidagicha fikr bildirdi:

"Joshuaning nima qilishini taxminan bilaman. lekin buni hozir ayta olmayman. CHunki buni ko'rib qolib: "Men boshqa narsa qilaman", - deyishi mumkin. Janggacha menda biroz vaqt bor, ammo hozir vaqtim OAV yoki shunga o'xshash narsalar bilan o'tyapti. Men ko'p narsa qildim. Biz ko'p ishladik, endi shanba kuni jang tashkillashtiriladi.

Jangga taxminim? Jin ursin, men Vanga emasman. U kim bilasizmi? Google'dan izlab ko'ring", - deya Usikning so'zlarini keltiradi Sport.ua nashri.

Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning 26 sentyabrida bo'lib o'tgan edi.

Avvalroq, ushbu jangga nafaqat ukrainalik bokschining, balki Tayson Fyurining ham vakant kamari qo'yilgani haqida xabar bergan edik.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: