SportUz.Net
photo photo

Tasdiqlandi: Botir Ahmedov chempionlik jangiga O'zbekiston bayrog'i ostida chiqadi

13.08.2022 15:20    


Rasmni yuklab olish

Professional bokschi Botir Ahmedov 20 avgust kuni Floridada navbatdagi jangini o'tkazadi.

Sirdaryoda tug'ilgan Botir Ahmedov (9-1, 8 KO) o'sha kuni super engil vazn toifasining vakant bo'lib turgan kamari uchun Dominikan vakili Alberto Puelloga (20-0, 20 KO) qarshi ringga ko'tariladi. 

Murabbiy To'lqin Qilichevning SportUz.Net sayti muxbiriga xabar berishicha, Ahmedov o'sha kungi jangda O'zbekiston bayrog'i ostida ringga ko'tariladi. 

Bungacha hamyurtlarimizdan Artur Grigoryan, Ruslan CHagaev va Murodjon Ahmadaliev professional ringda jahon chempioni unvoniga ega bo'lgan. Agar Botir ushbu jangda g'alaba qozonsa, chempionlik kamarini qo'lga kiritgan to'rtinchi o'zbekistonlik bokschi bo'lishi mumkin. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: