"Gustafsson so'nggi jangida mag'lubiyatga uchragani yomon bo'ldi. U juda yaxshi yigit, u Xermansson bilan birga bizga ko'p yordam bergan. Aleksga katta rahmat aytaman. Aleks bo'lmaganida men aralash yakkakurashlarni boshlamagan, UFCʼda jang qilmayotgan bo'lardim. Jang qilayotgan barcha shveciyalik yigitlar Aleksdan minnatdor.
Aleks Jon Jons bilan jang qilganida hamma aqldan ozgan edi. Hamma aralash yakka kurash bilan shug'ullana boshlagan. To'g'ri, u kamarga ega chiqmagan. Lekin, u biz uchun chempion bo'lib qoladi", - deya CHimaevning so'zlarini keltiradi MMA Fighting.
Aleksandr Gustafsson so'nggi bor Londonda bo'lib o'tgan UFC Fight Night turnirida Nikita Krilovga mag'lub bo'lgan.
Mutlaq chempionlik unvonidan mahrum bo'lgan Krouford kim bilan jang qilmoqchiligini aytdi
Nursulton Ro'ziboev UFC'dagi keyingi jangini kimga qarshi o'tkazishi mumkinligi malum qilindi + FOTO