Ijtimoiy tarmoqlarda super engil vazn toifasi(63,5 kg)dagi Sandor Martin Oxara Deyvisga qarshi WBA eliminator jangidan voz kechganligi, Martinning o'rniga SHahram G'iyosov jang qilishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi.
Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida SHahram G'iyosov bilan bog'landik:
«Vaznimni ko'tardim. Yarim o'rta vaznda IBF SHimoliy Amerika kamarini oldim, endi super engil vaznda jang qilolmayman», - dedi G'iyosov.
Malumot uchun, Oxara Martin WBA reytingida to'rtinchi, Sandor Martin esa beshinchi o'rinda turibdi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi