SportUz.Net
photo photo

Adesanya Pereyra bilan jang haqida: "O'lasan yoki o'ldirilasan" + FOTO

06.08.2022 18:00    


Rasmni yuklab olish

UFC chempioni Israel Adesanya tvitterdagi sahifasi orqali Aleks Pereyra bilan jangning elon qilinishiga munosabat bildirdi.

Adesanya Aleks Pereyra bilan 12 noyabr kuni, UFC 281 doirasida jang qiladi. Israel ushbu jangga quyidagicha munosabat bildirdi:

"Lordlar qasos olaman, deydi. Men ham senga shunday deyman. Bu shu erda tugaydi. O'lasan yoki o'ldirilasan", - deb yozgan Adesanya o'z sahifasida.

Eslatib o'tamiz, chempion Adesanya so'nggi bor 3 iyul kuni Jared Kannonirga qarshi jang qilgan edi. Qizig'i shundaki, Aleks Pereyra ham so'nggi jangini 3 iyul kungi UFC 276 turnirida o'tkazgan.

Takidlash joiz, Adesanya va Pereyra ikki bor kikboksingda to'qnash kelishgan. Har ikkala jangda ham Aleks Adesanyani mag'lubiyatga uchratgan. 2017 yilning mart oyida Glory of Heroes 7 turniri doirasidagi jangda Pereyra Adesanyani nokautga uchratgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: