Markaziy jangga tobora yaqinlashyapmiz. Biroz avval eng og'ir vazndagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov latviyalik Kristaps Zucisni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Jang yakunlanganidan so'ng Jalolov saytimiz muxbiriga intervyu berdi.
"Avvalo, bugungi professional boks kechasini tashkil etib bergan davlatimiz va boks federaciyamiz rahbariyatiga rahmat aytmoqchiman. Bunday boks oqshomlari nafaqat Osiyoda, balki AQSHda ham kam o'tkaziladi. Buni Amerikadan kelgan murabbiylarimiz ham alohida takidlashdi. Ayniqsa, muxlislar bilan o'tgan boks kechasi oqshomning yanada yorqin bo'lishini taminlayapti. SHu o'rinda bugungi raqibimga ham minnatdorlik bildiraman. Og'ir vazndagi aksariyat bokschilar o'zlarini osmon tutishadi, mensimagandek tutishadi. Latviyalik bokschi esa jangdan oldin meni kuzatib borishini aytdi. Jang yakunlanganidan keyin ham qo'limni ko'tarib, hurmat ko'rsatdi. O'z o'rnida unga rahmat aytdim va keyingi faoliyatida omad tiladim. Hozirgi asosiy maqsadim - Olimpiada oltin medali. Nasib qilsa, og'ir vazndagi ilk Olimpiada oltin medalini O'zbekistonga taqdim etamiz", - dedi Jalolov.
Sonnen o'zbekistonlik sportchi qatnashadigan TUF 33 shousida kimlar murabbiy bo'lishini ochiqladi
Bogdan Guskov UFC'dagi bitta jangiga tayyorlanishi uchun qancha pul sarflashini aytdi