SportUz.Net
photo photo

Hasanboy Do'smatov: "Raqibim mendan tajribaliroq edi"

03.04.2021 20:00    


Rasmni yuklab olish

"Humo Arena" mezbonlik qilayotgan professional boks kechasi davom etmoqda.

Professional boksdagi uchinchi jangini ham g'alaba bilan yakunlagan Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov saytimiz muxbiriga intervyu berdi.

"G'alaba qozonganimdan xursandman. O'ylagan maqsadimga erishdim. Murabbiylar va muxlislar ishonchini oqladim deb o'ylayman. Bu boshlanishi va hali yangi O'zbekiston uchun chiroyli g'alabalarni taqdim etamiz. Ochig'ini aytaman, ringga nokautni o'ylab tushmagandim. Professional boks havaskordan farq qiladi. Qolaversa, raqibim aynan professional boksda mendan ko'ra tajribaliroq edi. Professional boksda 11 ta jang o'tkazgan, reytingda 23-o'rinni egallab turgandi. Endi reja bo'yicha 3-4 oydan so'ng bugun qo'lga kiritgan kamarimni himoya qilishim kerak. Menejerlarim tezroq jang berishadi degan umiddaman", - dedi Do'smatov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: