SportUz.Net

Nurmagomedovning ham UFC 280 bo'yicha niyati jiddiy shekilli?! + FOTO

26.07.2022 13:20    


Rasmni yuklab olish

22 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida UFC'ning yulduzli kechasi bo'lib o'tadi.

Ushbu oqshom doirasida yana bir rossiyalik — Umar Nurmagomedov ham jang qilmoqchi. U bugun tongda ushbu masala yuzasidan o'z menejeri Ali Abdel-Aziz, tashkilot prezidenti Dana Uaytga murojaat qilgan holda tvit qoldirgan.

Umar avvalroq ham oktyabr oyida jang qilish istagini bildirib, raqib nomini ham aytgan edi. Umarning vaznidagi hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonov ham UFC 280'da jang qilmoqchi ekanini bir necha bor takidladi. Qo'shimchasiga ushbu turnirda yana bir hamyurtimiz — Mahmud Muradovning ham jang qilishi oydinlashdi.


UFC 280 turnirining hozirgacha malum bo'lib ulgurgan janglari:

CHarlz Oliveyra : Islam Maxachev

Aljemeyn Sterling : Ti Jey Dillashou

Petr Yan : SHon O'Melli

Belal Muhammad : SHon Bredi

Benil Dariush : Mateush Gamrot

Marina Rodriges : Amanda Lemos

Zubayra Tuxugov : Lukas Almeyda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: