Oldinroq xabar berganimizdek, musobaqa doirasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev AQSH vakili Erik Makkonikoga qarshi bahs olib boradi.
Jang elon qilingan paytda u asosiy kardga kiritilgan edi. Biroq turnirda o'zgarishlar yuzaga keldi. Jumladan, Rob Font Dominik Kruz bilan bahs olib borishi elon qilindi, bundan tashqari, taniqli Edson Barboza ham kardga qo'shildi.
Bu holatda Ro'ziboevning Makkoniko bilan bellashuvi prelim kardga tushib qoldi. UFC Seattle prelim kard janglari 23 fevral kuni 4:00 da boshlanadi.