Navbatdagi raqib Deontey Uaylder bo'lishi kutilmoqda.
"Keyingi jangim professional boksda bo'ladi. Men shuni istayman. Men boksni tugatganim yo'q. Bu MMA emas, osonroq. Bu men yaxshiroq tushunadigan va tajribam bor sport.
Uaylder juda xavfli chorlov va men aynan u bilan jangni istayman. O'zaro jangimizda kimningdir yiqilishi ehtimoli 80 foizni tashkil etadi va bu muxlislarga ham yoqadi", - dedi Ngannu.