SportUz.Net

Boom! Jangi bekor bo'lgan Zubayra Tuxugov UFC 280 kardidan o'rin oladi

22.07.2022 05:40    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik taniqli MMA ustasi Zubayra Tuxugov UFC 280 turnirida jang qilish uchun shartnoma olgan.

Bu haqda Xabib Nurmagomedov xabar berdi.

"Jangga shartnoma olindi, UFC 280, Abu-Dabi, 22 oktyabr!", - deb yozgan Xabib ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Zubayraning suratini joylagan holda. 

Malumotlarga qaraganda, Zubayraga Lukas Almeyda raqiblik qilishi kutilmoqda. Lukas UFC'da hozircha bitta jang o'tkazib, g'alabaga erishgan. Yagona bo'lib turgan jang 5 iyun kuni Maykl Trizanoga qarshi o'tkazilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Zubayra Tuxugov so'nggi bor 2021 yilning 30 oktyabrida Rikardo Ramosga qarshi jang qilgan edi.

Aslida, Zubayra 6 avgust kuni Neyt Landverga qarshi jang qilishi kerak edi, biroq jang Zubayraning AQSHga viza ola olmagani tufayli bekor bo'ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: