"Ha, hammaning o'ziga xos fikri va tasdiqlanmagan ertaklari bo'ldi — kimdir oyoqning sinishi, kimdir jarohat haqida gapirdi. Men uchun bularning barchasi juda kulgili tuyuldi. Ammo afsuski, buning hech biri haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
Biz UFC bilan jang sanasi va raqib borasida allaqachon kelishib olganmiz. Iyun oyidagi jang uchun shartnomaga imzo chekmadim. Hech qanday jangdan bosh tortmaganman. Men — chempionman va qachon davogar bilan jang qilishim kerakligini o'zim yaxshi bilaman. Faqat biz so'ragan paytda "roziman" deb javob berishingiz kifoya", — deb yozdi Dyu Plessi ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o'tamiz, ushbu vaznda Xamzat CHimaev chempionlik jangi uchun birinchi raqamli davogar hisoblanadi.
Roy Jons Usikni buyuk superog'ir vaznlilar reytingida nechanchi o'rinda ko'rishini aytdi