Musobaqa doirasida ikki nafar taniqli o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustalari — Humoyun To'xtamurodov va Bobur Abdulazizov ham oktagonga ko'tarilishadi.
Yarimengil vazn toifasida faoliyat yurituvchi 26 yoshli To'xtamurodovga o'sha kuni rossiyalik Dmitriy Yakovlev raqiblik qiladi. Jang prelim kard doirasida o'tkaziladi.
Humoyun faoliyati davomida 17 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan. U aslida,24 may kuni Los-Anjelesda GFL 1 turniri doirasida CHarls Rosa bilan jang qilishi kerak edi. Biroq musobaqa bekor qilindi. Dmitriy Yakovlev hisobida esa 5 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat bor.
Yarimo'rta vaznli Bobur Abdulazizov (19-11-0) esa o'sha kuni Qozog'iston vakili Kanat Kulmagambetov (8-8-0) bilan to'qnash keladi. Jang o'zgartirilgan boks qoidalari asosida o'tkaziladi.
Musobaqaning to'liq kardi:
Roy Jons Usikni buyuk superog'ir vaznlilar reytingida nechanchi o'rinda ko'rishini aytdi