SportUz.Net
photo photo

Bellator 255. CHempion ishtirokidagi markaziy jang muddatidan avval yakunlandi

03.04.2021 09:20    


Rasmni yuklab olish

Ankasvill (Konnektikut shtati, AQSH) shahrida o'tkazilgan katta MMA oqshomi o'z yakuniga etdi.

Bellator 255 turnirining markaziy jangi yarim engil vazn toifasi chempioni Patrisiu Freyre hamda uning kamariga rasmiy davogar Emmanuel Sanches o'rtasida bo'lib o'tdi. Besh raundga mo'ljalangan jang birinchi raunddayoq to'xtatildi. Freyre bo'g'ish usuli bilan Sanchesni "uxlatib" qo'ydi.

Malumot uchun, turnirning asosiy kardida rossiyalik Usman Nurmagomedov promoushendagi debbt jangini o'tkazdi va unda amerikalik Mayk Xemelni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Yana bir rossiyalik sportchi Magomed Magomedov esa mezbonlar vakili Si-Jey Gamiltonni ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga taslim etdi. Xalid Murtazaliev braziliyalik Fabio Aguayaradan ustun keldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: