SportUz.Net
photo photo

UFC prezidenti Makgregor - Meyvezer revansh jangiga munosabat bildirdi

28.06.2022 12:00    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o'rtasida revansh jangi o'tkazilishi mumkinligi haqidagi xabarga o'z munosabatini bildirdi.

"Biz bu jangni muhokama qilmayapmiz. Konor "qafas"ga qaytadi. U shu yilning so'nggida, uzog'i bilan kelasi yilning boshida oktagonga qaytishni rejalashtiryapti. Konor bilan gaplashdim, u jang qilishni xohlayotganini aytdi. Unga filmlarda rol o'ynash taklifini berishyapti. SHuningdek, katta pul ishlash imkoniyati mavjud bo'lgan boshqa loyihalarni taklif qilishmoqda. Lekin bu narsalar unga qiziq emas. Konor jang qilmoqchi", - dedi Uayt.  

O'tgan hafta matbuotda Makgregor - Meyvezer revansh jangining o'tkazilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Irlandiyalik qisman bu malumotlarni tasdiqlagan edi.  

Eslatib o'tamiz, Floyd Meyvezer shu yil kuzda RIZIN promousheni tomonidan tashkil etilayotgan ko'rgazmali boks turnirida ringga chiqadi. Uning raqibi yaponiyalik Mikuro Asakura bo'ladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: