Hirnning so'zlariga ko'ra, meksikalik bokschi Galovkinning faoliyatiga nuqta qo'ymoqchi.
"Ular o'rtasidagi adovat shunchalik kuchliki, Alvares ikkinchi jangda g'alaba qozonganidan keyin Golovkinning so'zlari va munosabati tufayli unga imkoniyat berishni istamagan. Bazida adovat jangga to'sqinlik qilishi mumkin.
Xozirgi vaziyatda, Golovkin g'alabaga tashna, Kanelo esa uning faoliyatiga nuqta qo'ymoqchi. Bu haqda uning o'zi aytib berdi. Kanelo menga "Men uning faoliyatiga yakun yasayman. Buni 17 sentyabrda amalga oshiraman" dedi. Bu to'qnashuv katta tarixga ega. Ikkita aql bovar qilmas boks oqshomi, 24 raund. 17 sentyabr kuni biz 25-raundni boshlaymiz" — dedi Eddi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Alvares va Golovkin o'rtasidagi uchinchi jang 17 sentyabr kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
28 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar (to'liq ro'yxat)