SportUz.Net
photo photo

Fyuri nima uchun Aleksandr Usikka qarshi jang qilish istagi yo'qligini aytdi

26.06.2022 16:20    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri ukrainalik bokschi Aleksandr Usik bilan jang qilish istagi yo'qligini aytdi.

"Aleksandr Usik bunday darajada bor-yo'g'i bitta jang o'tkazgan. Buni hisobga olish kerak. U pastki divizionda tengsiz. Ammo, bularni taqqoslab bo'lmaydi. 10-15 yil superog'ir vaznda jang qil, keyin sen bilan gaplashamiz", — deya Fyurining so'zlarini keltiradi Boxing247.

Eslatib o'tamiz, Fyuri 24 aprel kuni Dillian Uaytni mag'lub etganidan so'ng faoliyatini yakunlashini elon qilgandi.

Usik esa britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi revansh jangga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jang 20 avgust kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: