UFC'dagi jangchimiz Zarrux Adashev tashkilot bilan shartnomasini bekor qildi. Bu haqda sportchi ijrtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bermoqda.
"Bugun biz UFC bilan shartnomani bekor qildik va xayrlashdik. O'zi birinchi jangdayoq shartnoma imzolaganimda yaxshi hissiyotlar qolmagan edi. Hozircha sog'likni tiklab, yilning oxirida janglarga qaytamiz. UFC bilan hali yana shartnoma imzolaymiz va sizlarni yana xursand qilishga harakat qilaman. Hammaga rahmat!", - deb yozib qoldirdi Adashev.
Yulduzli juftlik janglarida referilik qilgan Guido Kavaleri ishtirokidagi seminar boshlandi
Bahodir Jalolov, SHahram G'iyosov va Dilshodbek Ro'zmetov Qirg'izistonga jo'nab ketdi