SportUz.Net
photo photo

Kubalik professor boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatidagi boks murabbiylariga o'z tavsiyalarini berdi

24.06.2022 18:20    


Rasmni yuklab olish

Kubalik boks professori Karlos Vilyanueva boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida bo'ldi.

Xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev rahbarligida 2022 yil 23 may kuni kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston boks federaciyasi va O'zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan ishchi guruh tuzilgandi. 

Kubalik professor Karlos Vilyanueva boshchiligidagi ishchi guruh vakillari Respublikamiz hududlaridagi boks obektlariga safar qilishmoqda. Ishchi guruh vakillari dastlabki safarni Qashqadaryodan boshlashgani haqida avvalroq xabar qilgandik. 

Mutaxassislarning navbatdagi tashrifi Navoiy viloyatiga bo'ldi. Ular viloyatdagi Olimpiya zaxiralari sport kollejining boks zalida bo'lishdi va u erdagi mashg'ulotlar jarayonini kuzatishdi. Janob Karlos yosh bokschilarning mashg'ulotini kuzatar ekan, ular bilan suhbatlashdi, murabbiylarga o'zining tegishli tavsiyalarini berdi, mashg'ulot olib borishning bir qator yangi metodlarini tushuntirib berdi. 

Ishchi guruh azolari safar davomida Navoiydagi ayollar boks zalida ham bo'lishdi. SHuni alohida qayd etish lozimki, navoiylik yigitlarga qaraganda qizlar Respublika miqyosidagi musobaqalarda faol ishtirok etishmoqda. Bu esa viloyatda ayollar boksi potenciali yuqori ekanligidan dalolat berib turibdi. Mutaxassislar ayollar boks zaliga tashrif davomida ham o'zlarining tegishli tavsiyalarini berishdi va qizlarni mana shu ruxda mehnat qilishda davom etish lozimligini alohida takidlashdi. 




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: