SportUz.Net
photo photo

Abdel-Aziz Jon Jons va Xabib Nurmagomedovni taqqosladi

24.06.2022 12:20    


Rasmni yuklab olish

Taniqli menejer Ali Abdel-Aziz rossiyalik Xabib Nurmagomedov hamda yarim og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Jon Jonsning faoliyatini solishtirdi.

"Sen oktagon ichida va tashqarisida yaxshi bo'lishing kerak. Xabib hech qachon yaqin masofada jang o'tkazmagan. Jons so'nggi uchta jangida mag'lub bo'lishiga oz qoldi. Xabib doim ustunlik qilgan va mag'lub bo'lmagan. U har tomonlama yaxshiroq va oktagon tashqarisida ham namunali inson.

Xabibda hech qachon USADA bilan bog'liq muammo bo'lmagan. Jons ajoyib jangchi. Ammo, u Xabibdek bo'la olmaydi. Ko'pchilik Xabibni yaxshi ko'radi. Jonsni yomon odam deb hisoblamayman. SHunchaki faoliyati davomida unga to'g'ri yo'l ko'rsatib, g'amxo'rlik qiladigan inson bo'lmagan.

Kim bilsin, 21 yosh paytim Jonsning o'rnida bo'lganimda, balki ko'chada kiyimsiz qolib ketgan bo'lardim", — dedi Abdel-Aziz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: