Darren mashg'ulotlar davomida bo'yin suyagini sindirib olgan. Darren Tillning o'zi bu haqida xabar qildi. Jang esa bekor qilinmaydi. Tillning o'rniga Marvin Vettori bilan Kevin Xolland jang qilishga rozilik bildirgan. Kevin Xolland qisqa muddatli chaqiruvga zudlik bilan rozilik bergan. Jangchining o'zi buni tasdiqladi. "Bir soat oldin men bu jangga rozilik berdim", -deb yozadi Kevin Xolland. UFC rasman bu xabarni tasdiqlagani yo'q, ammo voqealar rivoji shunga qarab ketmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kevin Xolland 20 mart sanasida Derek Brunsonga qarshi jang qilib mag'lubiyatga uchragandi.
Bivol Beterbiev bilan revansh haqida: "Hakamlarda hech qanday shubha qoldirmasligim kerak"
Bahodir Jalolov: "Ikki-uch oy vaqt berilsa, Usik bilan jang qilishga tayyor bo'laman"