SportUz.Net

Riyadh Season noyabr oyi uchun yirik prof boks oqshomini elon qildi, kard malum

08.07.2025 11:42    


Rasmni yuklab olish

22 noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida The Ring IV "Night of the Champions" prof boks oqshomi o'tkaziladi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni ko'ngilochar boshqarmasi rahbari Turki Ash SHayx ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali malum qildi.

Oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida WBC chempioni Devid Benavides (30-0, 24 KO) Entoni Yard (26-3, 24 KO) bilan to'qnash keladi.

Tasdiqlangan boshqa bellashuvlar:

– Yarim o'rta vazn toifasida WBO chempioni Brayan Norman (28-0, 22 KO) ushbu vaznda tatildagi WBC chempioni Devin Xeyniga (32-0, 15 KO) qarshi;

– Amerikalik Abdulla Meyson (19-0, 17 KO) Buyuk Britaniya vakili Sem Nouksga (17-0, 15 KO) qarshi engil vazndagi WBO vakant kamari uchun;

– Ikkinchi eng engil vaznda WBC chempioni Jessi Rodriges (21-0, 14 KO) ushbu vaznda WBA kamari sohibi Fernando Martinesga (18-0, 9 KO) qarshi;*

*Rodrigesning keyingi jangi 19 iyul kuni WBO chempioni Pxumelele Kafu (11-0-3, 8 KO) bilan bo'ladi. Agar u mazkur jangda g'alaba qozonsa, Martines bilan bahsga uchta kamar (WBC, WBO, WBA) qo'yiladi. Mag'lub bo'lsa, faqat Martinesniki.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: