SportUz.Net

"Jang faqat kamar uchun". SHavkat Rahmonov Muhammadga qarshi jang qilmaydi

08.07.2025 18:39    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonlik SHavkat Rahmonov sobiq chempion Bilol Muhammadga qarshi jang qilmoqchi emasligini bildirdi.

Bu jang o'tgan yili bo'lishi kerak edi, lekin Muhammad kasallik sababli bahsdan voz kechgandi.

Qozog'istonlik jangchining so'zlariga ko'ra, u shoshilmoqchi emas va joriy yil kuzida bo'ladigan Jek Della Maddalena hamda Islam Maxachev o'rtasidagi chempionlik jangi g'olibi bilan jang qilishni xohlaydi.

"Bu yolg'on. Bu haqda men bilan hech kim gaplashmagan. Jurnalistlar tarqatgan mish-mishlarga o'xshaydi. Men bilan bu masala muhokama qilinmagan. Hammasi yaxshi ketsa, yil oxirida qaytishni xohlayman. Della Maddalena va Maxachev jangida kim g'olib bo'lsa, o'sha bilan jang qilmoqchiman. Agar kutish kerak bo'lsa — kutaman, lekin menga faqat kamar kerak. Boshqa janglar qiziqtirmaydi", — dedi “Nomad”.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: