Braziliyalik 35 yoshli aralash yakkakurash ustasining ONE Championship ligasi bilan shartnomasi yakuniga etdi. Endi u 26 iyul kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan UFC turnirida oktagonga chiqadi. Uning debyut jangdagi raqibi slovakiyalik 33 yoshli Martin Buday bo'ladi. Abu-Dabidagi turnirda hamyurtlarimiz Bogdan Guskov va Ramazon Temirov ham o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazishadi.
Malumot uchun, "Buchecha" hisobida professional oktagonda o'tkazilgan 6 ta jang (5 ta g'alaba va 1 mag'lubiyat) bor. U barcha janglarini ONE Championship ligasida o'tkazgan. Almeyda g'alabali janglarining barchasini birinchi raunddayoq "finish" qilgan. Yagona mag'lubiyatini Umar Keyndan qabul qilib olgan. So'nggi jangini o'tgan yilning noyabr oyida eronlik Amir Aliakbarini bo'g'ib qo'ygandi.
Martin Buday esa UFC promoushenida 7 ta jang o'tkazishga ulgurgan. 2023 yilning dekabr oyida faoliyatidagi yagona mag'lubiyatini SHamil Gazievdan qabul qilib olgan. O'shandan keyin u Andrey Orlovskiy va Uran Satibaldievni taslim etdi.
Amerikalik UFC jangchisi: "Evloev kamar uchun jang qilishi kerak. Bu siyosiy o'yinlar"