Oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda endilikda sobiq UFC chempioni Stipe Miochich kamerunlik davogar Frensis Ngannuga imkoniyatni boy berib qo'ydi va kamaridan ayrildi. Bu jangdan Stipe 790 ming dollar ishlab olgan. Ngannu esa undan biroz kamroq - 580 ming dollarga ega chiqqan.
Bu jangchilarning faqatgina kafolatlangan gonararlari hisoblanadi. Ular yana translyaciyalar, bonus va reklamalardan tushadigan pullar evaziga o'z hisob raqamlarini yanada boyitib olishlari tayin.