SportUz.Net
iks
ads

Islam Maxachev jangga tayyorgarlik haqida: "Juda og'ir lager. Har mashg'ulotdan keyin ko'p eyapman"

28.10.2025 08:54    


Rasmni yuklab olish

Islam Maxachev vazn yig'ish jarayoni juda og'ir ketayotganini tan oldi.

"Menda juda og'ir tayyorgarlik lageri. Bu — mening ilk jangim yarim o'rta vaznda, bu erda vaznlar boshqacha... juda qiyin. O'zimni yaxshi his qilyapman, faqat yiqilishdan keyin oyog'im ozgina bezovta qilyapti, lekin ikki kunda o'tib ketadi.

Tayyorgarlikda nima o'zgardi? Ko'p narsa. Biz murabbiylar bilan o'tiramiz, reja tuzamiz — vazn yig'ish qiyin. Hozir biroz yiriklashdim. Bu juda og'ir jarayon. Kreatin, protein — har mashg'ulotdan keyin ko'p eyapman. Juda qiyin. Jangga 87 kg bilan chiqmoqchiman. Besh haftadan keyin 83 kg bo'laman. Keyin vazn tashlash oson bo'ladi. Men UFC dietologlari bilan doimiy aloqadaman, ular yaxshi maslahatlar berishyapti", — dedi UFC sobiq chempioni Islam Maxachev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: