SportUz.Net
iks
ads

SHifokor Tom Aspinallning jarohati haqida: "Biz xavfli narsa topmadik"

28.10.2025 09:36    


Rasmni yuklab olish

Tom Aspinall 47 daqiqalik video chiqardi, unda u Siril Gan bilan bo'lgan jang kunidan lavhalar, shifoxonaga borishi va ko'z tekshiruvi jarayonlarini namoyish etdi.

UFC og'ir vazn chempionining shifokor bilan suhbatiga ko'ra, u jang vaqtida ko'ziga kirgan barmoq tasirida jiddiy jarohat olmagan. Bu holat birinchi raundda jang to'xtatilishi va uni amalga oshmagan deb elon qilinishiga sabab bo'lgan edi.

"Siz to'liq sog'ayib, bizdan rasmiy ruxsat olmaguncha jang qilmasligingiz kerak. Bu tashrifdan keyin emas, ikkinchisidan so'ng. Ko'rish qobiliyati to'liq tiklanganiga ishonch hosil qilganimizdan keyin. Ammo biz xavfli narsa topmadik", — dedi shifokor tekshiruv natijalarida Aspinallga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: