SportUz.Net
iks
ads

Jon Fyuri: "Uni atrofidagilar Usikni engish uchun etarli bilimga ega emas. Tayson ahmoqlarni tinglayapti"

27.10.2025 16:30    


Rasmni yuklab olish

Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri Usikka qarshi janglarga tayyorgarlik jarayonini qattiq tanqid qildi.

"Men uning ringga qaytishini xohlamayman. U etarlicha ish qildi. O'g'limni bugungi Jo Parkerdek ahvolda ko'rishni istamayman. Vaqt uni quvib etib oldi. U Uaylderning masalasini hal qildi, ammo bu janglar undagi bor narsalarni olib qo'ydi. 

Usik Tayson bilan jangni eng qulay paytda o'tkazdi, ammo shunga qaramay, uni engolmadi. Taysonning miyasi chayqalgandi. U shunday ahvolda bo'lsa ham qaytib keldi va ikki marta ham Usikka qarshi jang natijalari bo'yicha bahs-munozaralar bo'ldi. Agar u yana jang qilishni xohlasa — bu uning ishi.

Uning atrofidagi odamlarda Usikdek jahon darajasidagi jangchini engish uchun na aql, na bilim bor. Usik zo'r formada, mashg'ulotlarda butun kuchini beradi, uning jamoasi ham juda kuchli. Qarang, mening o'g'limdan superog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvonini qanday olib qo'yishdi. Men televizorga olmalarni otdim. Agar o'sha erda bo'lganimda, ularning yuziga otgan bo'lardim. Jang paytida u mendek semirib ketgandi, chempionlik uchun yaxshi tanish raqibga qarshi jang qilardi.

Tayson ahmoqlarni tinglayapti. U, albatta, dunyodagi eng yaxshi superog'ir vazn jangchisi, lekin noto'g'ri odamlarni eshitayapti. U mening gaplarimga quloq solishi kerak, lekin bunday qilmayapti", — dedi Jon Fyuri.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: