SportUz.Net

"U eng katta "xech kim". Konor Makgregor Beneil Dariushni tanqid qildi

27.05.2022 13:00    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida UFC jangchisi Konor Makgregor ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik Beneil Dariushni tanqid qildi.

"Beneil Dariush - jamoadagi eng katta "hech kim", - deya yozadi Konor Twitter'da. Biroq, biroz vaqt o'tgach u ushbu postni o'chirib tashlagan.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Dariush engil vazn toifasida UFC reytingining oltinchi o'rinini egallab turibdi. U ketma-ket etti jangda g'alaba qozongan. So'ngi bor Dariush 2021 yilning may oyida Toni Fergyusonni mag'lub qilgandi. 

Makgregor xuddi shu vazn toifasida sakkizinchi pog'onani egallab turibdi. U so'ngi jangida Dastin Porega texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: