"Kosta o'zini yo'qotib qo'yayotganini his qilyapti. SHara undan ko'ra kattaroq yulduz. Kostaga Magomedovni ushlash uchun bu qulay vaqtdek tuyuldi. Lekin SHarabutdinning o'zi istaganini ushlaydi.
SHaraga hozir jang qilish kerak emas. Burun mavzusida o'ynashib bo'lmaydi, sog'ayib ketishini kutish kerak. Magomedov Qatarda jang qilmoqchi edi, lekin biz uni to'xtatdik. Kostaning jangdan voz kechish bo'yicha rekordi bor, u ishonchli emas. Biz oylab tayyorgarlik ko'rib, keyin jangsiz qolishni xohlamaymiz", — dedi murabbiy Gor Azizyan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Paulo Kosta va SHara Bulletning jangi 22 noyabr kuni Qatarda bo'lib o'tadigan UFC turnirida tashkil etilishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.