"Menimcha, hozir biz jangga har qachongidan ham yaqinroqmiz. Men doim “Konorga ishonmaslik kerak” derdim. Lekin endi barchasi keskin o'zgarmoqda.
Ichimdan ishonamanki, men Makgregor bilan Oq uyda jang qilaman. Buning uchun juda ko'p sabablar bor. Men Oq uy hududida jang qilishni xohlayman, Konor bilan esa tugallanmagan ishim bor. Bizda o'zaro hurmat bor.
Men hech qachon jangdan voz kechmaganman. Vazn oshirib ham yubormaganman. Bunday tadbirlarda eng muhimi — afisha emas, ishonchlilikdir. Bu aqlbovar sportda sportda hech qanday kafolat yo'q", — dedi UFC jangchisi Maykl CHendler.
Eslatib o'tamiz, Makgregor va CHendler jangi o'tgan yil iyun oyida bo'lib o'tishi kerak edi, ammo irlandiyalikning jarohati sabab bahs bekor qilingandi.