SportUz.Net
photo photo

Dariush CHarlz Oliveyradan kamarning olib qo'yilishiga munosabat bildirdi

23.05.2022 10:40    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik UFC jangchisi Beneil Dariush promoushenning CHarlz Oliveyrani Jastin Getjiga qarshi jangidan avval kamarini olib qo'yish qarori haqida gapirdi.

"Oliveyra uchun afsusdaman. Kamarning olib qo'yilgani CHarlz uchun dahshatli bo'ldi. Oliveyra o'z ishini qilganiga ishonaman. U 200 gramm ko'proq vaznini ko'rsatmoqchi emasdi. CHarlz gonorar yo'qotishga harakat qilmagani aniq. U o'zi aytganidek vazn qilganiga ishonchim komil. Men CHarlzga ishonaman.

Ko'pchilik kamar olib qo'yilmaslgi kerak edi, deb aytyapti, ammo bazi muammolar bor. Agar kamar CHarlzdan olinsa, u g'alaba qozongan taqdirda ham kamarni Jastinga bera olmasdingiz. Muammo shu edi. CHarlzdan kamar olib qo'yilishining sababi, uning engil vaznli jangchi bo'la turib, vazn limitini bajara olmaganidir. Ular kamar uchun jang qila olmas edi, UFC qoidaga ko'ra shunday qildi", - deya Dariushning so'zlarini keltiradi ESPN.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: