Bu haqda Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz xabar berdi. Uning aytishicha, ko'pchilik kutayotgan chempionlik jangi AQSHdagi raqamli turnirlarning birida tashkil etiladi.
"Islam Maxachev Abu-Dabida jang qilmaydi. Jang AQSHda, dunyoning eng katta arenalaridan birida o'tkaziladi", – dedi Abdel-Aziz Kamaru Usman va Genri Sexudo bilan "Pound 4 Pound" podkastida.
Avvalroq, ushbu jangning 25 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC 321 turniri doirasida o'tkazilishi mumkinligi aytilgandi. Endi jang mezbonligi uchun ehtimoli juda yuqori bo'lgan ikkita variant qolmoqda. Birinchisi, 4 oktyabr kuni Las-Vegas shahridagi "Ti-Mobayl" arenada o'tkaziladigan UFC 320, ikkinchisi, noyabr oyida Nyu-Yorkdagi "Medison Skver Garden" arenasida tashkil etiladigan UFC 322 turniri. Ikkinchi variant haqiqatga ancha yaqin ko'rinmoqda. Aynan shu turnir haqida Islam Maxachev ham, Dana Uayt ham gapirishgan edi.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor