U rossiyalik Islam Maxachevning Bobbi Grin ustidan g'alabadan so'ng chempionlik imkoniyati olganini misol tariqasida keltirdi.
"Odamlar meni titul jangiga loyiq emasligi haqida gapirishsa, g'azablanaman. Lekin Islam Bobbi Grin ustidan g'alaba qozongandan so'ng shunday imkoniyat oldi. Men esa uni Maxachevdan ham tezroq mag'lub qildim.
Oliveyra CHendler ustidan g'alaba qozondi va yana chempionlik uchun jang qildi. Men esa Maykni uch raund davomida ezdim va boshqalarga qaraganda yorqinroq g'alabaga erishdim. Menga nisbatan shubha bor, ammo boshqa jangchilarga unday munosabatda emaslar", — dedi Pimblett Bloody Elbow saytiga.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor