Turnir doirasida o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Xolmurod Nurmatov ham oktagonga ko'tariladi. 31 yashar hamyurtimizga Rossiya vakili Axmed Xamzaev raqiblik qiladi. Jang eng engil vazn toifasida tashkil etiladi. Musobaqa bizning vaqt bilan soat 13:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Nurmatov faoliyati davomida 23 ta jang o'tkazib, 14 g'alaba, 8 mag'lubiyat va 1 ta durangga erishgan. U ACA Ligasida 2 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyatga ega. 25 yoshli Axmed Xamzaev (11-2) esa Liganing umidli vakillaridan. Sportchi mazkur promoushenda jami 10 ta jang o'tkazib, 8 g'alaba va 2 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirgan.
UFC prezidenti Xabib - Makgregor jangiga tenglashadigan qarama-qarshilik qaysi ekanligini aytdi
Jon Jons UFCning Oq uydagi turniri haqida: "Motivaciya kerak edi - topdim. Mashg'ulotlarga qaytdim"