
"Resorts World"da o'tgan oqshomning markaziy jangi o'rta vazn (72,6 kg) toifasida vakant bo'lib qolgan WBO chempionlik kamari uchun kechdi. Kamar uchun mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan qozog'istonlik Janibek Alimxanuli (12-0, 8 KO) britaniyalik Denni Dignam (14-1-1, 8 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Birinchi raundning o'zida Alimxanuli yuqori temp evaziga raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Ikkinchi raundda esa Janibek o'ng qo'l xuk hamda apperkot zarbasi bilan raqibini nokautga uchratdi va vaqtinchalik WBO kamarini qo'lga kiritdi.

Alan Pikasso Naoya Inouedan qabul qilgan faoliyatidagi ilk mag'lubiyatiga izoh berdi
UAE Warriors chempioni Xotambek Boynazarov Mangu MMA bilan shartnoma imzoladi (POSTER)
Nursulton Ro'ziboev: "Nima sababdan bunga MMA federaciyasi jim qarab turibdi? Tushunmadim..." (FOTO)