SportUz.Net
photo photo

MPL 5 turnirining barcha natijalari bitta sahifada

22.05.2022 00:40    


Rasmni yuklab olish

Qo'qon shahrida "Muradov Professional League 5" turniri yakunlandi.

Turnirda qayd etilgan natijalar bilan tanishing: 

Turnir kardi: 

Havaskorlar o'rtasidagi janglar

59 kg: SHuhrat Ismatov (Tojikiston) - Azizbek Temirov (O'zbekiston) - Temirov 3-raundda g'alaba qozondi

66 kg: Akjan Bayzak (Qozog'iston) - Zafar Rashidov (O'zbekiston) - Zafar Rashidov ochkolar evaziga g'alabaga erishdi

77 kg: Magomed Isaev (Qirg'iziston) - Yodgor Karimov (O'zbekiston) - Magomed Isaev ochkolar evaziga g'alaba qozondi


Prelim kard 

66 kg: Sodiq Ismoilov (Tojikiston) - Imanbek Talant Ulu (Qirg'iziston)  - Sodiq Ismoilov ochkolar hisobiga ko'ra g'alabaga erishdi

73 kg: Aman Musaev (Qirg'iziston) - Amirxon Alixo'jaev (O'zbekiston) - Amirxon 2-raundda bo'g'ish evaziga g'alaba qozondi

73 kg: Saladin Sabirov (Qozog'iston) - Umar Karimov (O'zbekiston) - Umar Karimov 2-raundda og'ritish usulida raqibini mag'lub etdi

70 kg: Eldiyar Toobaev (Qirg'iziston) - Muhiddin Mamajonov (O'zbekiston) - Muhiddin Mamajonov 1-raunddan so'ng g'alabaga erishdi (raqib sekundantlari jangni davom ettirishdan bosh tortishdi) 

82.5 kg: Xamzat CHapanov (Rossiya) - Mironshoh Jafarov (O'zbekiston) - Xamzat CHapanov 1-raundda og'ritish usuli evaziga g'alaba qozondi


Asosiy kard

77 kg: Sado Uchar (Turkiya) - Ravshanbek Rahmatov (O'zbekiston) -  Ravshanbek Rahmatov turkiyalik Sado Ucharni 3-raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etdi 

75 kg: Islyar Aliev (Qirg'iziston) - Tomash Fiala (CHexiya) - Fiala 1-raundda uchburchak usulda g'alabaga erishdi

70.3 kg: Serikbay Xodjabaev (Qozog'iston) - Bahromjon Mashrapov (O'zbekiston) - Bahromjon Mashrapov ochkolar evaziga ko'ra g'alaba qozondi

60 kg: Argen Maratbek ulu (Qirg'iziston) - Ramazon Temirov (O'zbekiston) - Ramazon Temirov 1-raundda texnik nokaut evaziga g'olib bo'ldi

80.5 kg: Edil Esengulov (Qirg'iziston) - SHohasan Mirzamatov (O'zbekiston) - Edil Esengulov ochkolar evaziga g'alabaga erishdi




Ushbu sahifa orqali turnirda qayd etilayotgan natijalar bilan onlayn tarzda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi. 


YANGILASH


00:37. SHohasan Mirzamatov markaziy jangda qirg'izistonlik Edil Esengulovga qarshi oktagonga ko'tarildi va ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


00:10. Markaziy jang boshlanmoqda!


00:06. Ramazon Temirov qirg'izistonlik raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi! U birinchi raundda zarbalar seriyasini uyushtirdi. Xakam esa texnik nokaut qayd etdi. G'alaba!


23:52. Bahromjon Mashrapov qozog'istonlik Serikbay Xodjabaevni ochkolar evaziga ko'ra mag'lub etdi. 


23:24. CHexiyalik Tomash Fiala qirg'izistonlik Islyar Alievni birinchi raundda og'ritish usulida mag'lub etdi. 


23:14. Ravshanbek Rahmatov turkiyalik Sado Ucharni uchinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.


22:55. Asosiy kard boshlanmoqda. 


22:45. Sport rivojiga hissa qo'shgan fidoyilarga faxriy yorliqlar topshirildi. 


22:35. Sahnada xonanda Nilufar Usmonova chiqdi. U qo'shiq aytyapti.  


22:27. Mironshox Jafarov rossiyalik Xamzat CHapanovga 1-raundda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bo'g'ish usulida. 


22:17. Muhiddin Mamajonov qirg'izistonlik Eldiyar Toobaevga qarshi jangning 1-raundidan so'ng g'alabaga erishdi. Raqibning sekundantlari jangni davom ettirmaslikni maqul ko'rishdi. 


22:04. Umar Karimov qozog'istonlik Saladin Sabirovni 2-raundda og'ritish usuli evaziga mag'lub etdi.  


21:47. Amirxonga g'alabasi evaziga "Kobalt" avtomashinasi sovg'a qilindi. 


21:44. Amirxon Alixo'jaev ikkinchi raundda raqibini bo'g'ish usulida mag'lub etdi.


21:30. Tojikistonlik Sodiq Ismoilov Qirg'iziston vakilidan ustun keldi. 


21:09. Prelim kard boshlanmoqda. 


21:05. Yodgor Karimov to'liq davom etgan jangda qirg'izistonlik Magomed Isaevga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


20:50. Uchinchi jang boshlanmoqda.


20:35. Qo'qonda yomg'ir yog'moqda. Xonanda Jahongir Poziljonov sahnaga chiqib qo'shiq aytmoqda.


20:25. Ikkinchi jangda ham yurtdoshimizning g'alabasi: to'liq davom etgan jangda Zafar Rashidov qozog'istonlik raqibi ustidan g'alabaga erishdi. 


20:06. Ilk jangda Azizbek Temirov tojikistonlik raqibini uchinchi raundda, muddatidan oldin mag'lub etdi. 


19:50. Birinchi bo'lib oktagonga havaskor MMA jangchilari, hamyurtimiz Azizbek Temirov va tojikistonlik SHuhrat Ismanov chiqdi. Jang boshlandi! 


19:40. "Markaziy" stadionda turnir boshlanmoqda. Qo'qon shahar hokimi va MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov musobaqa oldidan so'zga chiqishdi. 




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: