SportUz.Net
photo photo

Eshitdik-da! SHahram G'iyosov Botir Ahmedov bilan jang qilishi mumkin

11.02.2021 13:20    


Rasmni yuklab olish

Havaskor boksda jahon chempioni, Rio Olimpiadasi sovrindori SHahram G'iyosov navbatdagi jangini Rossiya sharafini himoya qiluvchi bokschi Botir Ahmedovga qarshi o'tkazishi mumkin.

SportUz.Net saytiga malum bo'lishicha, ushbu jang "Matchroom Boxing" kompaniyasi tomonidan Toshkentda tashkil etiladigan jang oqshomi doirasida bo'lib o'tadi. Bu albatta hozircha rasman tasdiqlanmagan. Ammo, ushbu jangni tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borilgan.

Malumot uchun, SHahram G'iyosov va Botir Ahmedov bitta jamoada, "Mir Boksa" kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan holda mashg'ulotlar o'tkazishadi. Ko'rinishidan, kompaniya ushbu vaznda asosiy etiborni kimga qaratish maqul bo'lishini aniqlab olmoqchi. Ayni paytda Botir WBA reytingida 5, SHahram esa 6-o'rinni egallab turibdi. 

Malumot uchun, SHahram shu kungacha prof boksda 10 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida raqiblarini mag'lub etgan (8 ta nokaut). O'z vaqtida O'zbekistonda tug'ilgan, 30 yoshli Botir Ahmedov esa 9 marotaba professional jang o'tkazgan. Ularning 8 tasida g'alaba qozongan (7 ta nokaut). 1 marotaba esa ochkolar evaziga imkoniyatni boy berib qo'ygan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: