"Sibur-Arena"da o'tgan oqshomning markaziy jangi engil (61,2 kg) vazn toifasida o'tkazilib, unda mezbonlar vakili, sobiq UFC jangchisi Magomed Bibulatov promoushen chempioni, braziliyalik Daniel de Almeydaga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq besh raund davom etdi va yakunda hakamlar rossiyalik sportchining g'alabasini taminlashdi. Bibulatov ASA promoushenining yangi chempioniga aylandi.
Oqshomning anderkard jangida yarim engil vazn toifasi vakillari - Magomedrasul Xasbulaev va Felipe Froes to'qnash kelishdi. Xasullaev to'rtinchi raundda bo'g'ish usuli bilan raqibini engib, ushbu divizionning yangi chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
"Men Top-5`da Dvalishvili bilan jang qilmagan yagonaman" - Sendxagen kamar uchun jang qilmoqchi
Ankalaev Proxazka bilan jang qilmaydi, Pereyra bilan revansh bo'yicha muzokara ketmoqda