SportUz.Net

Kevin Xolland: "Xabibdan maslahat oldim va UFC'da hali hech kim parterda ololmagan jangchini yiqitishga erishdim"

23.03.2021 10:00    


Rasmni yuklab olish

O'rta vaznli UFC jangchisi Kevin Xolland Derek Brunsonga qarshi jangi haqida gapirdi.

"Men hech qachon chempion bo'lishni xohlayapman demanganman. Men faqatgina vaqtimni yaxshi o'tkazishni xohlashimni aytganman. SHunday ham bo'ldi.

Barchasi uchun UFC, Dana Uayt va Mik Meynardga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men mashg'ulotlarga qaytaman. Tez orada ko'rishamiz.

Xabib Nurmagomedovdan kichik bir maslahat va men UFC'da hali hech kim parterda ololmagan jangchini yiqitishga erishdim. Xabib - sen kurash daxosisan!", -dedi Kevin Xolland.

Eslatib o'tamiz, ushbu jangda Kevin Xolland ochkolar hisobiga mag'lubiyatga uchragan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: