«Bir nechta biznes rejalarim bor. Pul topishni maqsad qilganman. Oilam, bolalarim va UFC'dagi aka-ukalarim bor. Men hayotdan zavq olishda davom etaman. Ularga qo'limdan kelgunga qadar yordam beraman. Sizlar meni sog'inishingizga yo'l qo'ymayman», - dedi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabib UFC 254 kechasidan so'ng faoliyatini yakunlashini elon qilgan edi. Biroq bir necha oy davomida UFC rahbari uni qaytarishga harakat qildi. SHuncha urinishlarga qaramasdan dog'istonlik sportchi 19 mart kuni kamardan voz kechganini rasman elon qildi.