O'z-o'zidan engil vazn toifasidagi UFC kamari egasiz qoldi. UFC 15 may kuni CHarlz Oliveyra va Maykl CHendler o'rtasida aynan shu kamar uchun jang o'tkazishini elon qildi.
Xabibning ketishi ortidan UFC'da rossiyalik birorta amaldagi chempion qolmadi. Rossiya 1077 kun deganda UFC chempionisiz qoldi.
2018 yilning 7 aprel sanasida Xabib Nurmagomedov El Yakvintani mag'lub qilib UFC kamariga ega bo'lgan edi. 2020 yilning 12 iyul sanasida esa Pyotr Yan o'z vazn toifasida chempionlikka erishganidan so'ng, rossiyalik chempionlar soni ikkitaga etgandi.
7 mart kuni Pyotr Yan diskvlifikaciya tufayli o'z kamaridan mosuvo bo'lgan bo'lsa, oradan 12 kun o'tib Xabib Nurmagomedov ham faoliyatini tugatganini elon qildi. SHu tariqa 2018 yildan beri birinchi marta Rossiya UFC chempionisiz qoldi.
Arman Carukyan CHarlz Oliveyraga: "Mening ismimni aytishdan qo'rqma, qattiq urmayman"