SportUz.Net

"UFC bosslari Xabibning mag'lub bo'lishini xohlashyapti"

19.03.2021 11:20    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Per promoushen rahbarlari haqida keskin fikr bildirdi.

Kanadalik jangchining fikriga ko'ra, UFC rahbarlari engil vazn qiroli Xabib Nurmagomedovni ideal professional rekord bilan ketishini istashmaydi. 

"Biznes nuqtai nazaridan UFC bosslariga Xabibning mag'lubiyatsiz seriya bilan faoliyatini yakunlayotgani yoqmayapti. Ular Nurmagomedov faoliyatini davom ettirishi va uning ustidan pul ishlashda davom etmoqchilar. UFC`dagilar Xabib bilan jangga rozi bo'lmayotganimdan ham darg'azab bo'lishyapti. 

Ishonchim komil, aynan shu omillar sabab ham Xabibning faoliyatini davom ettirishini istashyapti. Aynan u haqiqiy chempion. Men uning jangda bitta raundni boy berganini eslay olmayman. UFC Xabibni mag'lub eta oladigan jangchi izlayapti. Keyin Nurmagomedov endi ketsa bo'ladi deb aytishadi. Xabib esa mag'lubiyat bilan ketmaydi. U juda aqlli. Promoushendan boshini baland tutgan holda ketadi", — dedi Sen-Per.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: