SportUz.Net
photo photo

Pyotr Yan Sterlingga qarshi jangdagi xatolari haqida gapirdi

19.03.2021 08:00    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Pyotr Yan Aljameyn Sterlingga qarshi boy berilgan jang haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"U jangda men o'zimda emas edim. Uchinchi yoki to'rtinchi raundda Sterling tamom bo'lishi kerak edi. Men kuchim ko'proqligini his qilgan edim. Men bokschi bo'lishimga qaramay, uning kurash usullariga turib bera oldim. Menimcha, revanshda hammasi boshqacha bo'ladi. 

Uning zarbalari himoyadan turib berilgandi. Men o'zimga imkoniyat hosil qilish uchun ongli ravishda uning zarbalarini qabul qilgan edim. Ha, birgina tizza zarbasi va men jangni boy berdim. 

O'sha zarba barcha rejalarimni izdan chiqarib yubordi. To'rtinchi raundda men unga qaraganda ko'proq kuch saqlab qolgan edim. Men o'sha xatoni qilmasdan, biroz harakat qilganimda Sterling tamom bo'lardi. Xa, men xato qildim. Unga juda ko'p vaqt stoykadan tashqari ishlashga imkon berdim. Agar, men tezda Sterlingni oyoqqa turishga majbur qilganimda, unga qiyin bo'lishi tayin edi", - dedi Pyotr Yan.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: