SportUz.Net
photo photo

Anvar Boynazarov UFCga o'tish, chempion bo'lishi va TOP-10 sportchisi bilan jang haqida gapirdi

15.03.2021 17:40    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Anvar Boynazarov AQSHning Florida shtatida tashkil etilgan Combat Night turnirida mezbon sportchi Rob Fullerga qarshi oktagonga ko'tarildi va jangni muddatidan avval nokaut evaziga yakunladi.

Boynazarov jangdan so'ng www.olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda kelgusidagi rejalari haqida o'rtoqlashdi:

"Bu - MMAdagi ikkinchi jangim. Hozircha MMAning hamma sirlarini o'rganib, katta janglarga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ayni paytda dunyoning eng nufuzli MMA jamoasi "Top Team" bilan birga ishlayapman. Yana bitta professional jang o'tkazganimdan keyin UFC bilan shartnoma qilib, kamarni qo'lga kiritmoqchiman. Avvaliga 135 pound bilan boshlab, bu vaznda chempion bo'lmoqchiman va shundan so'ng 145, 155 ga ko'tarilib u erda ham kamar sohibi bo'lishni maqsad qilganman. Hozir juda ko'p insonlar "Nega UFCga o'tmaysiz" deb savol berishadi. UFCga chiqib urishishim muammo emas. Men ham o'zimni reklama qilib UFCga kirib olishim mumkin. Lekin u tashkilotga o'tib qandaydir xato qilib, MMA qoidasi bo'yicha yutqazib qo'yish niyatim yo'q. Men professional sportchiman, tajribamni hisobga olib, sabr qilib, qachonki hamma narsaga tayyor bo'lsam, o'zimda shunga ishonch bo'lsagina chiqib, Top-10 dagi sportchilar bilan jang qilishni istayman", - dedi Anvar Boynazarov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: