SportUz.Net
photo photo

UFC 270 turniridan kim qancha ishlab oldi? (to'liq gonorarlar ro'yxati)

24.01.2022 08:20    


Rasmni yuklab olish

Kaliforniya shtati Atletik komissiyasi UFC 270 turniri jangchilari uchun kafolatlangan gonorarlar to'lov hujjatini taqdim etdi.

Xabaringiz bor, kecha tongda AQSHning Kaliforniya shtati Anaxaym shahrida UFC promoushenining 2022 yildan o'rin olgan ilk raqamlangan turniri o'tkazildi. Markaziy jangda og'ir vazn toifasi chempioni Frensis Ngannu vaqtinchalik kamar sohibi franciyalik Siril Ganni mag'lubiyatga uchratdi. 

Kutilganidek, aynan shu juftlikda oqshomning eng katta gonorariga ega chiqqan. Frensis Ngannu 600 000, Siril Gan esa 500 000 dollarga ega bo'lgan. Endilikda sobiq UFC chempioni Brendon Moreno $200 000 bilan uchinchi o'ringa yakun yasab berdi. Kecha uni mag'lub etib, chempionlik kamarini qaytarib olgan Deyveson Figeredo bankdagi hisob raqamini 150 000 dollarga boyitib oldi. 

Turnirning rossiyalik yagona vakili Said Nurmagomedov 50 000 gonorar (shundan 25 000 dollari bonus)ga ega chiqdi. Uning raqibi Kodi Stemann 65 000 dollar ishlab oldi. Kecha Nurmagomedov raqibini birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. Ushbu ko'rsatilgan summaga faqatgina kafolatlangan gonorar kiritilgan. Hali jangchilar bonus va pullik translyaciyalardan tushadigan ulushga ham ega bo'lishadi.   

UFC 270. To'liq gonorarlar ro'yxati:

Frensis Ngannu: $600 000 (bonus hisoblanmagan)

Siril Gan: $500 000

Deyveson Figeredo: $150 000 (bonus hisoblanmagan)

Brendon Moreno: $200 000

Mishel Pereyra: $100 000 ($50 000 bonus hisoblangan)

Andre Fialo: $12 000

Said Nurmagomedov: $50 000 ($25 000 bonus hisoblangan)

Kodi Stemann: $65 000

Maykl Morales: $20 000 (g'alaba uchun $10 000)

Trevin Jaylz: $45 000

Viktor Genri: $40 000 (g'alaba uchun $20 000)

Raoni Barselos: $29 000

Jek Della Maddalena: $20 000 (g'alaba uchun $10 000)

Pit Rodriges: $12 000

Toni Greveli: $44 000 (g'alaba uchun $22 000)

Saymon Oliveyra: $10 000

Mett Frevola: $46 000 (g'alaba uchun $23 000)

Jenaro Valdes: $10 000

Vanessa Demopulos: $24 000 (g'alaba uchun $12 000)

Silvana Gomes Xuares: $12 000

Jasmin Yasudavichus: $20 000 (g'alaba uchun $10 000)

Key Xansen: $17 000



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: