«Ha men uni o'ng hay-kik zarbasini bilan nokaut qilganman. U buni eslolmaydi, chunki o'sha vaqtda uxlagandi»,-deb fikr bildirdi Ngannu matbuot anjumanida.
O'z navbatdagi davogar ham bu gaplarga tezda javob qaytardi va Ngannuni aldoqchilikda aybladi.
«Bu yolg'on, sen aldayapsan! Biz Frensis bilan bir nechta yaxshi sparing janglarini o'tkazganmiz. U shunday janglardan birida yaxshi xay-kik zarbasini yo'llagan. Biroq men o'shanda nokaut ham nokdaun ham bo'lmaganman. Faqatgina ozgina silkitgan. Mana haqiqat»,-deb javob bergan Siril.
Eslatib o'tamiz, jangchilar uzoq vaqt davomida birgalikda mashg'ulot olib borishgan va har ikkisining murabbiyi bir inson bo'lgan.