SportUz.Net
photo photo

Bokschilar Navoiyni yod etishdi

09.02.2021 22:20    


Rasmni yuklab olish

Bugun O'zbek adabiyotining buyuk mutafakkir shoiri, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi mamlakatimizda katta tantana sifatida nishonlanmoqda.

Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoa azolari ham ushbu qutlug' sanani munosib qarshilashdi.

SHu munosabat bilan kecha Toshkent viloyatidagi “Yangiobod” o'quv-mashg'ulot bazasida joriy yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib borayotgan milliy terma jamoa sportchilari, murabbiylari ishtirokida ushbu sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi. 

Unda O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev sportchilarning xalqaro sport maydonlarida Vatan shanini munosib himoya qilishida, yuksak g'alabalarga erishishida nafaqat jismoniy kuch-qudrat, balki chuqur bilim, intellektual salohiyat, tarix va adabiyotni teran idrok etish katta ahamiyatga ega ekanligini takidlab, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy asarlarini o'qib-o'rganish kishini kamolotga etaklashini qayd etdi. 

Federaciyaning terma jamoalar va hudidiy bo'limlar bilan ishlash bo'limi mutaxassisi To'lqin Ro'ziev esa o'z chiqishida Navoiy qalamiga mansub g'azallar, asarlar haqida yig'ilganlarga malumot berib o'tdi.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonov, murabbiylar To'lqin Qilichev, Raxmatjon Ro'zioxunov, Abduvohid Jalolov, sportchilar Bahodir Jalolov, Bobousmon Baturov, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev va boshqalar tadbir davomida xazrat Navoiyning g'azallaridan parchalar o'qib berishdi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: