SportUz.Net
photo photo

Ngannu Fyuri bilan jang qachon bo'lishini aytdi

18.01.2022 16:20    


Rasmni yuklab olish

Kamerunlik boshqa sport turiga o'tish uchun tayyorgarlikni allaqachon boshlagan.

Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Frensis Ngannu WBC kamari sohibi Tayson Fyuri bilan qachon uchrashmoqchiligini aytdi.

«Tayson va men qachon jang qilishimizni aniq bilmayman, lekin menimcha, bu 2023 yilda bo'ladi. Hali ham UFC bilan shartnomam bor, shuning uchun hozir voqealar qanday rivojlanishini bilmayman. Ishonchim komilki, bizning to'qnashuvimiz qachondir bo'lib o'tadi. Men bu jang bo'lishini juda xohlayman, lekin hozir hech narsani nazorat qila olmayman. Bizning uchrashuvimiz qiyin bo'ladi. Men o'zimni barcha davrlarning eng yaxshi bokschilaridan biriga qarshi sinab ko'rmoqchiman. Bu men uchun butunlay boshqacha va yangi narsa bo'ladi. Fyuri jangda juda uzoq davom eta olishini aniq isbotladi, biroq ishonchim komilki, men unga avval hech qachon berilmagan zarbalarni yo'llayman», - dedi Ngannu DAZN nashriga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: